Loyiha falsafasiBoshlash
Biz yordam bermaymiz — biz imkoniyat yaratamiz
Yordam odamni qaram qiladi. Imkoniyat odamni mustaqil qiladi. Eng katta hurmat — insonga daromad topish, oila boqish va boshqalarga ustoz bo‘lish yo‘lini ochib berishdir.
Missiya: O‘zbekistondagi har bir nogironligi bor inson uchun kasb, daromad va iqtisodiy mustaqillikka olib boradigan raqamli yo‘lni yaratish.
Qadriyatlarimiz
Qadr-qimmat
Har bir ekran foydalanuvchiga teng huquqli professional sifatida murojaat qiladi. Rahm emas — hurmat.
Natija, jarayon emas
Muvaffaqiyat o‘lchovi — sertifikatlar soni emas, foydalanuvchining real daromadi.
Accessibility — asos
WCAG 2.2 AA birinchi kundan dizayn poydevori: screen reader, klaviatura, kontrast, subtitr.
Shaffoflik
Har bir grant va mablag‘ real vaqt dashboardida. Qayerda, qancha, qanday natija — ochiq.
IMKON nima emas
| IMKON EMAS | IMKON |
|---|---|
| Xayriya fondi | Ijtimoiy biznes |
| Oddiy kurs platformasi | Trayektoriya platformasi — kurs faqat 1 bosqich |
| Ish e‘lonlari doskasi | AI moslashtiruvli inklyuziv bandlik tizimi |
| Grant tugasa to‘xtaydigan loyiha | O‘z daromad modeliga ega barqaror platforma |